O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Malayziya Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi raisi Seri Mohd Hishamudin Md Yunus bilan uchrashdi.
Unda Malayziya Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining komissarlari ham onlayn ravishda ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi vakolatlar, milliy institutlar faoliyati, murojaatlar bilan ishlash amaliyoti hamda parlament bilan hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zaro tajriba almashdi.
Inson huquqlari sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Mazkur safar doirasida Ombudsman O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida Malayziyada yashayotgan hamda ta’lim olayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashdi. Unda fuqarolar bilan ochiq va qizg‘in muloqot o‘tkazilib, murojaatlar va fikr-mulohazalar tinglandi.
N.Abduraimova,
O‘zA