Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Malayziya manfaatli hamkorlikni  mustahkamlaydi
21:12 / 2025-06-23

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Malayziya Bosh vaziri o‘rinbosari - energiya va suv resurslarini transformatsiya qilish vaziri Dato Sri Fadilla bin Haji Yusuf boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va amaliy tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, islom moliyasini joriy etish, bu yo‘nalishda texnik yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham so‘z bordi.

Tomonlar suv resurslaridan samarali foydalanish hamda ichimlik suvi ta’minotini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish masalalarini ham muhokama qildi.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, unda kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xususan, biznes sub’ektlari uchun ESG tamoyillarini qabul qilish va joriy etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Malayziya manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA