Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Latviya: vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tajriba almashildi
21:26 / 2025-10-31

Bugun dunyoda migratsiya jarayonlari shiddat bilan kechayotgan bir paytda, vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lish davlatning insonparvar siyosatida muhim yo‘nalish sanaladi.

Shu ma’noda “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati nafaqat tajriba almashish, balki milliy manfaatlarga xizmat qiladigan dolzarb muloqot bo‘ldi.

Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat tashkilotlar mas’ullari hamda Latviyaning “BrainGain Latvia” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Suhbatda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mamlakat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, milliy ilmiy va intellektual salohiyatni yurtimiz taraqqiyotiga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Latviyalik ekspertlar esa o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mamlakatda fuqarolarning qaytishi jarayonlarida uchraydigan muammolar, davlat va nodavlat tuzilmalarning bu boradagi vazifalari haqida ma’lumot berishdi.

“BrainGain Latvia” tashkilotining faoliyati xorijdagi latviyaliklarni mamlakatga qaytishga rag‘batlantirish, ularni mehnat bozoriga moslashtirish hamda diaspora bilan samarali aloqa yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilg‘or amaliyot sifatida taqdim etildi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston va Latviya tashkilotlari o‘rtasida istiqbolli hamkorlikni kengaytirish, vatandoshlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Bunday muloqotlar xorijdagi yurtdoshlarimizning milliy o‘zlikni saqlash, Vatan bilan uzviy bog‘lanib yashash hissini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA muxbiri