Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Kuvayt: hamkorlik yanada rivojlanadi
12:17 / 2025-12-16

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Kuvayt davlatiga ishchi tashrif bilan bordi.

13–15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan tashrif doirasida Kuvayt hukumati, ishbilarmon doiralar va moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Shuningdek,ikki o‘lka hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.   

Kuvayt neft vaziri va “Kuwait Petroleum Corporation” raisi Tareq Sulaymon Al-Roumi hamda savdo va sanoat vaziri Halifa Al-Askar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda neft-gaz va neft-kimyo sohalarida hamkorlik, logistika hamda savdo masalalari, avia yoqilg‘i yetkazib berish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish, qolaversa, standartlarni o‘zaro tan olish va laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.                                                                                          

Ta’kidlanishicha, Kuvayt suv resurslari va qayta tiklanuvchi energetika vaziri Sabih Abdulaziz Al-Muhayzim bilan muzokaralarda investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari, jumladan,“SSZ– Markaziy Osiyo”   taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqilgan.      

Tashrifning muhim voqeasi O‘zbekiston-Kuvayt biznes-forumi va “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, deyish mumkin. Shuningdek, mazkur arab mamlakatining ishbilarmon doiralari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

G.Sattorova, O‘zA