Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Koreya: O‘zbekistonda Milliy suv akademiyasi tashkil etiladi
14:30 / 2021-12-16

«O‘zsuvta’minot» AJ raisi o‘rinbosari Xurshid Raxmatullayev va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi Ilhom Klichxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi joriy yil 13-14 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Korea Water Resources Corporation (“K-water”) Akademiyasida bo‘ldi.

– Bu «O‘zsuvta’minot» vakillarining O‘zbekistonda Milliy suv akademiyasini tashkil etish masalasini muhokama qilish uchun Koreyaga qilgan ikkinchi tashrifi bo‘ldi, – deydi Aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Akmal Murodov. – Avvalroq, 2020 yilda (9-10 dekabr) buni muhokama qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov Koreyaga tashrif buyurgan edi. Bu galgi tashrifning maqsadi – 16-18 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga tashrifi oldidan Koreya-O‘zbekiston forumining kun tartibini o‘rganishdir.

Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari “K-water” Akademiyasining faoliyati to‘g‘risidagi taqdimot va ta’lim infratuzilmasi, shu jumladan, o‘quv markazi, suv tarqatish tarmog‘i markazi, pilot suv tozalash inshootining faoliyati bilan tanishdi.

Bundan tashqari, “K-water” tomonidan suv ta’minoti va oqova suv tizimi sohasiga oid maxsus o‘quv dasturini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha kelgusi chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Ushbu tashrif, O‘zbekiston va Koreyaning suv ta’minoti sohasidagi hamkorligi yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

 

Nilufar Bozorova, O‘zA