Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Jazoir talabalarining madaniy hamkorligi rivojlanmoqda
20:00 / 2025-05-23

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi nashrlari o‘zbekistonlik talabalar Vodiy universitetida arab tilini o‘rganish barobarida Brayl alifbosini ham o‘zlashtirayotgani haqida maqola e’lon qildi.

Muallif ushbu kurs “Basmat Amal” nomli alohida ehtiyojlilar klubi hamda Adabiyot va tillar fakulteti chet tillar klubi tomonidan tashkil etilganiga urg‘u bergan.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan Vodiy universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan ta’lim almashinuvi doirasida mamlakatimiz yoshlari ikki oydan buyon arab tili bo‘yicha maxsus tezkor kursda ishtirok etmoqda. Bunday hamkorlik o‘zaro muloqotni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish va madaniyatlar yaqinlashuvini ta’minlash maqsadlarini ko‘zlaydi.

Vodiy universiteti rektori, professor Umar Farxodiy fikricha, ta’lim jarayonini madaniy dasturlar, ekskursiyalar orqali, turli klublar, talabalar xizmati boshqarmasi ko‘magida olib borish foydali ekanini ta’kidladi. Shu tariqa talabalar nafaqat ilm oladi, balki mamlakatlarimiz tarixi, madaniyati bilan ham yaqindan tanishadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA