O‘zbekiston va Janubiy Koreya: uzoq yillik hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli ikki davlatning uzoq yillik hamkorligi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.
Bu Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Koreya Respublikasining Xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti Chang Von Sam boshchiligidagi delegatsiya uchrashuvida e’tirof etildi.
O‘zaro munosabatlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida Koreya Respublikasi Xalqaro hamkorlik agentligining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Muloqot davomida istiqbolda ham ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida, suv resurslarini boshqarish hamda investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan dasturlarni davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, parlament faoliyatida axborotlashtirish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida agentlik bilan hamkorlik bayonnomasi imzolandi.
N.Abduraimova,
O‘zA