Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiya qilinishi kutilmoqda
16:30 / 2026-02-03

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Hukumati o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Bitimni (Samarqand, 2025 yil 26 avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur Bitimda jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish yoki ularga nisbatan chiqarilgan hukmni ijro etish maqsadida ushlab berish tartibi, asoslari va shartlari belgilab  berilgan.

Majlisda ushbu Bitimning huquqiy ahamiyati, iqtisodiy va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi o‘rni, sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishdagi roli muhokama qilindi.

Senatorlarning ta’kidlashicha, mazkur qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining transmilliy jinoyatchilik, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorligini mustahkamlaydi. Shuningdek, milliy xavfsizlik va inson huquqlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi.

Senatorlar, xalq deputatlari mahalliy kengashlarining doimiy komissiyalari a’zolari, mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, huquqshunoslar, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan muhokama yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA