French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida mahsulot ayirboshlash 30 foiz oshgan
20:50 / 2023-04-03

Bu haqda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Gruziya hukumatlararo komissiyasi 9-yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Hukumatlararo muloqot doirasida o‘zaro tovar aylanmasi izchil o‘sib borayotgani qayd etildi. Birgina o‘tgan yil bu ko‘rsatkich 30 foizdan oshdi. Tomonlar yaqin yillarda ikki tomonlama savdo va xizmat qiymatini 500 million dollarga yetkazishga kelishib oldilar.

Hududlar aro munosabatni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma loyiha va tashabbuslarga alohida o‘rin ajratildi. Shu munosabat bilan birinchi bosqichda Samarqand va Batumi, Buxoro va Msxeta o‘rtasida sheriklik o‘rnatish masalasi ko‘tarildi.

Sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish dolzarbligini, bu jarayonda ilg‘or farmatsevtika, tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, shuningdek, turli ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha klasterlar yaratish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida qator ikki tomonlama muhim hujjatlar imzolandi.

G.Sattorova, O‘zA