Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Germaniya munosabatlari rivojlanib bormoqda
17:30 / 2026-02-26

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Rahimjon Hakimovning Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Andre Algermissen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar — innovatsiya va texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika, transport va logistika, ta’lim va madaniyat sohalarida rivojlanib bormoqda.

Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar doirasida  siyosiy va iqtisodiy sohadagi muloqot faollashgani ijobiy baholandi.

O‘z navbatida, A. Algermissen so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, keng miqyosli yangilanishlarni e’tirof etdi.

Shuningdek, bugungi kunda Parlament tadqiqotlari instituti, Yoshlar parlamenti bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, sohaga yangi amaliyot va mexanizmlar joriy etishda qator amaliy ishlar qilinayotganligi qayd etildi.

Suhbat chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, bugungi kundagi parlamentarizmning dolzarb masalalarini tadqiq etish, ilg‘or xorijiy amaliyot yutuqlarini o‘rganishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, parlament faoliyatida sun’iy intellektni qo‘llash, ushbu yo‘nalishda Germaniya tajribasini o‘rganish yuzasidan hamkorlik qilish bo‘yicha fikrlar almashildi.

M.Komilova, O‘zA