Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Germaniya: iqtisodiy, ta’lim va gumanitar sohalarda sheriklik kengaytiriladi
09:40 / 2026-03-03

“O‘zbekiston - Germaniya” va “Germaniya - Markaziy Osiyo” parlamentlararo hamkorlik guruhlarining onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida parlamentlararo hamkorlikni O‘zbekiston - Germaniya munosabatlarining ustuvor yo‘nalishi sifatida yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senati va Germaniya Bundestagi o‘rtasidagi hamkorlikka e’tibor qaratildi. 

Jumladan, Parlamentlararo Ittifoq va YeXHT Parlament assambleyasi doirasida tizimli va jadal rivojlanayotgani, “O‘zbekiston - Germaniya” hamda “Germaniya - Markaziy Osiyo” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlari qonun ijodkorligi sohasida samarali platformaga aylangani qayd etildi.

Qo‘mitalar o‘rtasida muntazam muloqot va o‘zaro tashriflar dolzarb masalalarni muhokama qilishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, shuningdek, ta’lim va gumanitar sohalarda sheriklikni kengaytirish muhimligiga e’tibor qaratildi.

N.Abduraimova,

O‘zA