Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Germaniya fermerlari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
10:00 / 2025-10-22

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar, jumladan, Germaniya bilan agrar sohada tajriba va innovatsiyalar almashinuvi alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston fermerlari kengashi raisi Aktam Xaitov Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagining Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Xermann Ferber boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.



Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qo‘mita kotibiyati mudiri Vinfrid Xols, Bundestag deputatlari Kristof Frauyenprays, Shteffen Yanix va Ina Latendorf ham ishtirok etdilar.

Muloqot davomida O‘zbekistonda agrar sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Jumladan, fermer xo‘jaliklari va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, sohani raqamlashtirish, ekin maydonlarida tomchilatib sug‘orish va lazerli tekislash kabi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, organik mahsulotlarni sertifikatlash hamda bu yo‘nalishdagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama etildi. O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. Germaniyaning qishloq xo‘jaligidagi yutuqlari, fermerlar tajribasi va agroinnovatsiyalar sohasidagi yechimlar bilan tanishish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

M.Hojiakbarova, O‘zA