Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi munosabati bilan yurtimizga kelgan Eron Islomiy kengashi Majlisi Raisining birinchi o‘rinbosari Hamidriza Hojiboboiy boshchiligidagi delegatsiya Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni izchil rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi keyingi olti yilda 1,7 baravarga o‘sib, 2024 yilda 497 million dollarga yetgani, O‘zbekistonda eronlik investorlar ishtirokida 261 korxona faoliyat yuritayotgani qayd etildi.
Parlamentlar o‘rtasida tizimli muloqot o‘rnatish va qonunchilik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
N.Abduraimova,
O‘zA