O‘zbekiston va Eron Birinchi xonimlari samimiy muloqot qildi
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammiti asnosida ayrim davlat rahbarlarining rafiqalari ham mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi, «Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning rafiqasi Jamile Alamolxoda bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, bunda “xalq diplomatiyasi”ni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilikdagi mushtaraklik haqida samimiy muloqot bo‘ldi.
O‘zA