English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanadi
19:44 / 2024-06-05

Joriy yil 4 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakili Eldiyor Toshmatovning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Bosh direktori o‘rinbosari Silvi Forban bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida sun’iy idrok davrida intellektual mulk huquqlari himoyasining ahamiyati muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, ko‘plab mamlakatlarda kreativ sanoat tarmoqlarining rivojlanish sur’atlariga doir ma’lumotlarning taqchil ekanini ta’kidladilar. O‘z navbatida, BIMT vakillari tashkilot tomonidan mazkur masalaga yechim topishda amaliy vositalarni ishlab chiqish bo‘yicha faol ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi (WCCE) da ishtirok etish shakli muhokama qilindi. BIMT namoyandalari Toshkentdagi nufuzli anjumanni tashkil etishda to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini qayd etib, konferensiya O‘zbekiston va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasida yanada yaqin hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

O‘zA