Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va BMT yangi kelishuv imzoladi (+video)
16:15 / 2025-10-27

Yaqinda o‘lkamiz va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan “Barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlikning yangi doiraviy dasturi”ni imzoladi. Marosim Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tdi.

Yangi dastur inson taraqqiyotini rag‘batlantirish va inklyuziv jamiyat barpo etishga qaratilgan bo‘lib, BMTning 25 ta agentligi faoliyatiga yo‘naltiruvchi hujjat hisoblanadi.

Hamkorlikning oltita ustuvor yo‘nalishi belgilangan: samarali boshqaruv va adolatli sud tizimi, munosib bandlik va ijtimoiy himoya, sog‘lom turmush va sifatli tibbiyot, inklyuziv ta’lim, iqlim barqarorligi hamda Orolbo‘yi mintaqasini har tomonlama rivojlantirish.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl ta’kidlashicha, avvalo, yangi dastur “rivojlanish markazida inson o‘rni turadi” va aholining eng zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Dastur O‘zbekiston hukumati va BMTning mamlakatimizdagi jamoasi tomonidan, fuqarolik jamiyati, yoshlar, xususiy sektor va xalqaro hamkorlar bilan keng maslahatlashuvlar asosida ishlab chiqilgan.

BMT tashkil etilganining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu imzolash marosimi tomonlar o‘rtasidagi mustahkam strategik sheriklikni yana bir bor tasdiqladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/36x_5u6VUm8" title="O`zbekiston va BMT yangi kelishuv imzoladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA