French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va BMT: hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari
20:16 / 2025-04-08

Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hamda BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, shu jumladan, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Mintaqada yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ishlarni davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekistonning BMT bilan, jumladan, uning mintaqaviy markazi orqali hamkorlikni chuqurlashtirish, ayniqsa, suv resurslarini boshqarish, yoshlar va xotin-qizlarning salohiyatini oshirish, tinchlikni mustahkamlash va mojarolarning oldini olish jarayonlariga jalb qilish masalalarida kelishuvga erishildi.

N.Abduraimova, N.Haydarov (surat), O‘zA