Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va AQSH: Yoshlarga oid loyihalar bo‘yicha yangi istiqbollar
15:09 / 2025-12-11

Yoshlar ishlari agentligida AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.

Muloqot davomida AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda tadbirkorlik, fan, innovatsiya va ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, shuningdek o‘zbekistonlik yoshlar uchun maqsadli almashinuv dasturlarini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, elchi janoblari “Yoshlar Ventures”, “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi”, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “WikiMarafon”, “1000KITOB”, “UzChess”,  “TopCoach”, “Qizlar akademiyasi” kabi loyihalar mazmuni bilan tanishdi.

Qayd etilganidek, AQSH vakillari davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar faoliyatini yuksak baholadi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA