Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va AQSH shinkiokushinkay karatechilari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi
09:56 / 2025-05-22

O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan “NUR-HAS” shinkiokushinkay karate markazi AQSH karate federatsiyasi bilan besh yilga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Kelishuv hujjatiga muvofiq, "NUR-HAS" karate markazi katta murabbiyi, 5-DAN qora belbog‘ sohibi Mutal Nazarov joriy yilning 8-21 may kunlari AQSHning Las-Vegas, Nyu-York va boshqa bir qator shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro seminarlarda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

AQSH, Janubiy Koreya, O‘zbekiston davlatlarining mahoratli karatechilari ishtirokida tashkil etilgan seminarlar jarayonida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, shinkiokushinkay karate yo‘nalishidagi yangiliklar xususida fikr almashildi.

2025 yilgi sport taqvim rejasiga binoan, 5-DAN qora belbog‘ sohibi Mutal Nazarov joriy yilning iyun oyida Yaponiyaning Tokio shahrida full-kontakt karate bo‘yicha o‘tkaziladigan birinchi jahon chempionatida O‘zbekiston nomidan tatamiga chiqishi rejalashtirilgan.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA