Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2021 yilda 53 foizga oshib, qariyb yarim milliard dollarga yetdi
11:01 / 2022-10-18

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev AQSH savdo vaziri o‘rinbosari Marisa Lago bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekistonda xorijiy investorlarning qulay faoliyat yuritishi uchun yaratilgan zarur sharoitlar alohida ta’kidlandi. Ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni yaratishga olib kelgan ulkan, keng ko‘lamli va salmoqli islohotlarning yuqori natijalari qayd etildi. O‘zbekiston mamlakatdagi sarmoyaviy muhit va biznes yuritish qulayligi, shu bilan birga kambag‘allikni kamaytirish va adolatli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro reytinglarda muvaffaqiyatli yuqoriladi. 

Shu nuqtai nazardan, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekistonda AQSH kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobarga ko‘payib, 315 taga yetganligi ilg‘or rivojlanishdan dalolat beradi. Ikki tomonlama Investitsiyaviy bitimni imzolash jarayonini tezlashtirish, amerika kompaniyalari va moliya institutlarini O‘zbekistonda tog‘-kon, kimyo va neft-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlashda ijobiy tendensiyani qayd etdi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilda 53 foizga oshib, qariyb yarim milliard dollarga yetdi. 2022 yilning yanvar-avgust oylarida esa yana 8,7 foizni tashkil etdi. O‘zbekiston – AQSH ikki tomonlama savdo hajmini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, jumladan, ikki tomonlama mahsulot yetkazib berish hajmini oshirish maqsadida transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish jarayonini moliyaviy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga tayyorlik bildirildi. 

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonida, AQSH tomonidan, boshqa uslublar qatorida, USAIDning texnik ko‘mak loyihasini amalga oshirish orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirildi. Tomonlar O‘zbekistonning ushbu tashkilotga tezroq a’zo bo‘lishi maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. 
Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik salohiyatini maksimal darajada ro‘yobga chiqarish uchun muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha faol va doimiy muloqotni davom ettirish tarafdori ekanliklarini bildirdi. 

 

O‘zA