Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va AQSH: ko‘p tomonlama aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan 
16:14 / 2024-09-05

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi. 

Muloqot davomida istiqbolda ham savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat ishbilarmonlari, ayniqsa, tadbirkor ayollar o‘rtasida doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuvda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, bu borada salmoqli ishlar olib borilayotgani e’tirof etildi. 

Shu bilan birga, O‘zbekistonda barqaror investitsiya muhitini yanada yaxshilash, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yuzasidan ham fikr almashildi. 

N.Abduraimova, O‘zA