Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va AQSH: ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi
15:36 / 2025-11-12

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik hamkorlik tobora faollashib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralari, shubhasiz, ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini tasdiqlaydi.

Bu Senat Raisi Tanzila Norboyeva va Devid Bednar boshchiligidagi AQSHning Yuta shtati delegatsiyasi uchrashuvida qayd etildi. 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va AQSHning Yuta shtati o‘rtasida iqtisodiy, ta’lim va gumanitar aloqalar izchil mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. 

“O‘zbekiston - Yuta” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan 64 qo‘shma loyihaning 45 tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu loyihalar diplomatiya, savdo, investitsiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniy almashinuv sohalarini qamrab olgan.

Muloqot davomida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va IT-ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

N.Abduraimova,

O‘zA