Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Amerika hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
22:55 / 2025-08-29

Bugun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islomov, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik qatnashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mineral resurslar, sanoat, elektrotexnika va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlik axborot xizmatining qayd etishicha, uchrashuv yakunlari ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirishga xizmat qiladi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA