French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Afg‘oniston biznes hamkorligi kengaymoqda
19:49 / 2025-10-09

BAAdagi afg‘on tadbirkor va investorlarni birlashtirish maqsadida 2005 yilda ABC-Dubai tashkil etilgan va bu Dubay Savdo-sanoat palatasi tomonidan tan olingan nodavlat tashkilotdir. U Afg‘oniston, BAA va mintaqada savdo hamda sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim platforma hisoblanadi.

Tashkilot tarkibida savdo, logistika, qurilish, moliya, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yurituvchi 170 dan ortiq kompaniya mavjud. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan Afg‘oniston ishbilarmonlar kengashi (ABC-Dubai) raisi, janob Hoji Obaydulloh Sadir Xayl bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sarmoyaviy hamkorlikni kuchaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Dubayda faoliyat yuritayotgan yirik afg‘on tadbirkorlarini O‘zbekistondagi yangi sarmoyaviy imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularni qo‘shma loyihalarga jalb etish zarurligini ta’kidladilar, deyiladi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lumotida.

Shuningdek, Termiz shahrida — O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida joylashgan strategik savdo va logistika markazi bazasida qo‘shma biznes tashabbuslar, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va yuk tashish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoit yaratish va mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

A.RUSTAMOV, O‘zA