O‘zbekiston va Afg‘oniston 205 million dollarlik kelishuvga erishdi
Mozori-Sharif shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes uchrashuvi yakunida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida jami 205 million dollar qiymatga ega dastlabki kelishuvlar imzolandi. Ushbu bitimlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yo‘nalishida sheriklikni kuchaytirish masalasi muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro yetkazib berish miqdorini ko‘paytirish, yangi qo‘shma loyihalar amalga oshirishga kelishib oldilar.
Ta’kidlanishicha, o‘zaro savdo aloqalari izchil rivojlanib, iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 2025-yil 1,8 milliard dollarlik tovar va xizmat ayirboshlangan. Bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko‘p.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA