“Times Higher Education” (THE) xalqaro nashrining “World University Rankings 2026”natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari jahon miqyosida sezilarli yutuqlarga erishdi.Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ilk bor dunyo reytingida TOP-600 talikdan o‘rin oldi.
9 oktyabr kuni “Times Higher Education” xalqaro nashri tomonidan e’lon qilingan “World University Rankings 2026”natijalari O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun tarixiy voqea bo‘ldi.Mamlakatimizning bir nechta nufuzli oliy ta’lim muassasalari jahon reytingida o‘z o‘rnini mustahkamladi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ilk bor dunyo universitetlari reytingida 501-600o‘rinlar orasida qayd etildi, deyiladi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotida.Bu O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun muhim yutuq sifatida baholandi.
Bundan tashqari, quyidagi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ham reytingda qayd etildi:
— Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200 o‘rinlarda;
— Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1500 o‘rinlarda;
— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1501+ toifada.
Shuningdek, yana 58 taOTM “reporter” (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritilgan.
2026 yilgi reytingda 115 ta davlat va hududdan 2 191 ta universitet ishtirok etdi.Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidan atigi 17 ta universitet qayd etilgan bo‘lib, O‘zbekiston ilk bor to‘rtta OTM bilan bu ro‘yxatga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
“Times Higher Education” global ishlar bo‘yicha direktori FilBeti bu borada quyidagi fikrni bildirdi:
– Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi global oliy ta’lim xaritasida yangi markazga aylanmoqda. O‘zbekiston universitetlarining reytingdagi muvaffaqiyatlari mintaqada ilmiy izlanishlar madaniyati va xalqaro raqobatbardoshlikning ortib borayotganiniyaqqol ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, “Times Higher Education World University Rankings” — dunyodagi eng nufuzli xalqaro reytinglardan biri bo‘lib, u universitetlarni ta’lim sifati, tadqiqot muhiti, ilmiy ta’sir, xalqaroochiqlik va sanoat bilan hamkorlik kabi beshasosiy yo‘nalish bo‘yicha baholaydi.
M.Hojiakbarova, O‘zA