Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – umumiy uyimiz
09:01 / 2022-04-30

FOTOREPORTAJ

Nukus shahar ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida madaniy tadbir o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Musulmonlar Qoziyati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahar bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

[gallery-6875]

Ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining iste’dodli o‘quvchilari ijrosida sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiq va raqslar namoyish etildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tasviriy san’at bo‘limi o‘quvchilari ijodiga oid badiiy ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan bir guruh o‘quvchi-yoshlar va o‘qituvchilar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA