YUNESKO Hukumatlararo qo‘mitasining 2023 yil 6 dekabrda bo‘lib o‘tgan XVIII sessiyasida mamlakatimiz navbatdagi muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi: bir vaqtning o‘zida uch nominatsiya bo‘yicha Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Nihoyat “O‘zbekistonda kulolchilik san’ati” nomzodlik to‘plamini ishlab chiqish yuzasidan mamlakatimiz tomonidan olib borilgan ishlar baholash komissiyasi e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Mazkur jarayon hunarmandlikning chuqur tarixi, kulolchilik sohasidagi bilimni kelgusi avlodga bezavol yetkazish, san’at turini asrab-avaylashda yoshlarning faol ishtirokiga urg‘u beradi.

Eron, Ozarbayjon, Tojikiston va Turkiya bilan hamkorlikda taqdim etilgan keyingi nominatsiyalar – “Bezak san’ati: naqqoshlik” va “Iftor, ijtimoiy-madaniy an’analar”.
Umuman, O‘zbekistonning bashariyat tamadduni uchun ahamiyati e’tirof etilgan 15 nomoddiy merosi YUNESKO muhofazasiga olingan. Bu boy merosimizni xalqaro darajada targ‘ib etish va himoya qilish yo‘lidagi muhim qadamdir.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA