Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo kubogida qatnashadi
09:20 / 2025-09-10

Avval xabar berganimizdek, futbol bo‘yicha U23 yosh toifasidagi “Osiyo kubogi – 2026” musobaqasiga yo‘llanma beruvchi saralash bahslari qit’amizning 11 mamlakatida o‘tkazildi.

Avval xabar berganimizdek, futbol bo‘yicha U23 yosh toifasidagi “Osiyo kubogi – 2026” musobaqasiga yo‘llanma beruvchi saralash bahslari qit’amizning 11 mamlakatida o‘tkazildi.

Ushbu saralashning "E" guruhi bahslari Qirg‘izistonda tashkil etildi. Ushbu guruhda mezbonlar va O‘zbekiston U23 terma jamoalari 7 ochko jamg‘ardi. Natijada, gollar nisbatiga ko‘ra, Qirg‘iziston birinchi o‘rinda Osiyo kubogiga yo‘l olgan bo‘lsa, Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz eng yaxshi natija qayd etgan ikkinchi o‘rin sohibi sifatida ushbu musobaqada ishtirok etadigan bo‘ldi.

Shuningdek, qolgan guruhlardagi saralash bellashuvlaridan  Iordaniya, Yaponiya, Vetnam, Avstraliya, Tailand, Iroq, Qatar, Eron, Janubiy Koreya, Suriya, Xitoy, Livan, BAA terma jamoalari muvaffaqiyatli o‘tib, 2026 yilning 7–25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi ishtirokchisiga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo kubogida 16 ta terma jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashadi va guruhlarda 1-2 pog‘onalardan joy olgan jamoalar chorak finalga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA