Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston U20 Osiyo kubogining saralash bahslaridagi raqibi aniq bo‘ldi
15:55 / 2024-06-13

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2025 yil bo‘lib o‘tadigan U20 Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston U20 terma jamoasi "B"  guruhidan joy olib, Xitoy Taypeyi mezbonlik qiladigan saralash guruhida Bahrayn, Kambodja va Nepal kabi jamoalar bilan raqobatlashadigan bo‘ldi. Guruh bahslari 21-29 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Unda 10 ta guruh g‘olibi va guruhlarda ikkinchi o‘rinni egallagan 5 ta jamoa 2025 yil 6-23 fevral kunlari Xitoyda o‘tadigan Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi,

Quyida saralash guruhlaridan o‘rin olgan terma jamoalar bilan tanishasiz:

«A» guruhi: Vetnam, Suriya, Bangladesh, Butan, Guam;

"B" guruhi: O‘zbekiston, Bahrayn, Xitoy Taypeyi, Kambodja, Nepal;

"C" guruhi: Koreya Respublikasi, Livan, BAA, Quvayt, Shimoliy Mariana orollari;

"D" guruhi: Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Falastin, Afg‘oniston, Makao;

"E" guruhi: Tojikiston, O‘mon, Malayziya, Shri-Lanka, KXDR;

"F" guruhi: Indoneziya, Yaman, Timor Leste, Maldiv orollari

"G" guruhi: Eron, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Laos;

"H" guruhi: Iroq, Tailand, Filippin, Bruney;

"I" guruhi: Yaponiya, Qirg‘iz Respublikasi, Myanma, Turkmaniston;

"J" guruhi: Iordaniya, Qatar, Singapur, Hongkong.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston birinchi turda Kambodja bilan raqobatlashsa, Nepalga qarshi o‘tadi. 3-tur esa mezbon Xitoy Taypeyiga qarshi o‘tsa, 4-tur Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA