Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston U19 chempionati Osiyoda tengsiz deb topildi
17:16 / 2025-11-11

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida “AFC Special Elite Youth Football Awards – 2025” marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu nufuzli mukofot g‘olibini aniqlash marosimi har yili muntazam ravishda musobaqa tashkilotchiligi, yil davomida o‘tkazilgan o‘yinlar soni, infratuzilma darajasi, hakamlik sifati, murabbiylarning malakasi hamda so‘nggi yillarda mazkur chempionatdan yetishib chiqqan professional futbolchilar soni inobatga olingan holda tashkil etiladi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etib kelinayotgan U19 chempionati Osiyoda tengsiz deb topildi va yilning eng yaxshi yoshlar ligasi deb e’tirof etildi.  

Mazkur mukofotni OFK bosh kotibi o‘rinbosari — Shin Man Gil Liganing musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi, U19 chempionati menejeri — Qudratbek Madraimovga topshirdi.  

Marosim chog‘ida ayni damda Jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U17 terma jamoasi safidagi aksariyat futbolchilar aynan ushbu musobaqada shakllangani alohida ta’kidlab o‘tildi.  

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi ikki yil davomida bu sovringa Yaponiyaning turli yosh toifalaridagi ligalari sazovor bo‘lgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA