O‘zbekiston U17 terma jamoasi mundialni g‘alaba bilan boshladi
Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida davom etayotgan Jahon chempionatining “J" guruhida O‘zbekiston - Paragvay, Panama hamda Irlandiya terma jamoalari 1-tur doirasida raqobatlashdi.
O‘zbekiston U17 terma jamoasi mundialdagi ilk uchrashuvida Paragvayni 2:1 hisobida taslim etdi.
Uchrashuvda Azizbek Abdumo‘minov 25-daqiqada chiroyli gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, 45+2-daqiqada o‘zining ikkinchi golini nishonlandi. Paragvay futbolchisi A.Ladesma 89-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi.
Panama va Irlandiya termalari o‘rtasidagi uchrashuv 1:4 hisobida yakunlandi.
Endi “J" guruhidagi ikkinchi tur uchrashuvlari 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston - Irlandiya, Panama - Paragvay termalari o‘zaro kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA