O‘zbekiston U17 terma jamoasi chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi
Bugun, 18 noyabr kuni Qatarda davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 final bosqichi boshlanadi. Chempionatning ushbu bosqichida Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi mamlakatimiz vaqti bilan soat 17:30 da Italiya termasiga qarshi maydonga tushadi.
Shuningdek, mundialning nimchorak finalida Uganda — Burkina-Faso (17:30), Meksika — Portugaliya (18:00), Braziliya — Fransiya (18:30), Shveysariya — Irlandiya (19:45), KXDR — Yaponiya (20:15), Marokash — Mali (20:45) va Avstriya — Angliya (20:45) terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarga ham guvoh bo‘lamiz.

Ma’lumot o‘rnida: futbolchilarimiz italiyalik tengqurlariga qarshi o‘yinda zafar quchsa, chempionatning chorak finali bosqichida Uganda — Burkina-Faso terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA