Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Turkiya:uzumchilikda eksport salohiyati oshmoqda
15:29 / 2025-10-03

Bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Bu esa, nafaqat iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash va aholi farovonligini oshirishda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘rni g‘oyatda muhim ekanligini, balki bevosita sohada amalga oshiriladigan islohotlarga ham bog‘liqligini ko‘rsatmoqda.

Birgina uzumchilikda Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida uzumchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish maqsadida alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, yangi navlar yaratish, intensiv usulda uzum yetishtirishni kengaytirish hamda bu borada hududlarning eksport salohiyatini oshirish ishlariga kirishildi.

Shunga ko‘ra, “Qo‘shrabot Agro Star” MCHJ bilan hamkorlikda akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand hamda Charxin ilmiy-tajriba stansiyalarida Turkiyaning uzum yetishtiruvchi va eksport qiluvchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur tadbir davomida turkiyalik mutaxassislar va institut olimlari o‘rtasida uzum yetishtirish, quritish va eksport qilish bo‘yicha tajriba almashildi. Shuningdek, kelgusida O‘zbekistonda mayizbop uzum navlarini yetishtirish hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan muhim hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Bu hamkorlik uzumning jahon bozorida xaridorgir bo‘lgan yangi, sanoatbop navlarini ko‘paytirish, sohaga ilm-fan yutuqlarini keng joriy etishga yanada turtki bo‘ladi.

Gulnoza Boboyeva,O‘zA