French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Turkiya: yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishda hamkorlik
11:25 / 2026-02-11

Yo‘llar infratuzilmasi davlat iqtisodiyoti va transport tizimida muhim o‘rin egallaydi. Shu bois, yo‘l qurilish, ta’mirlash va texnik standartlarni takomillashtirishda xalqaro hamkorlik samarali hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni O‘zbekistonda joriy etish orqali yo‘l infratuzilmasi xavfsiz va barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.

Turkiya avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi (Karayolları Genel Müdürlüğü – KGM) raisi Ahmad Gulshan boshchiligidagi delegatsiya vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida delegatsiya a’zolari ishtirokida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.  

Muloqot jarayonida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi J.Tursunov va Qo‘mita raisining o‘rinbosari A.Abdurahmonov mamlakatimizdagi avtomobil yo‘llari, ularning tasnifi, transkoridorlar, logistik lokatsiyalar, mavjud texnikalar, yo‘l va ko‘priklarni qurish, ta’mirlash hamda saqlash ishlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, ta’mirlash va qurilish jarayonlarini amalga oshirish muddatlari, ob’ektni ekspertizadan o‘tkazish tartibi hamda barcha jarayonlarni olib borishdagi mavjud muammolar bo‘yicha ham fikr almashildi. 

Mehmonlar Avtomobil yo‘llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazida ham bo‘ldi.  

Asosiy faoliyat yo‘nalishi avtomobil yo‘llarining texnik holatini tahlil qilish, baholash va raqamlashtirish, foydalanishni tashkil etish, harakat xavfsizligini ta’minlash va texnik shartlar berish, katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsatnoma berish, vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish, davlat kadastri va yo‘l aktivlarini yuritishdan iborat bo‘lgan mazkur Markaz 2023 yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Uchrashuvda mehmonlarga avtomobil yo‘llarida harakatlanayotgan og‘ir vaznli va katta hajmli avtotransport vositalarining vaznini o‘lchovchi ko‘chma va statsionar tarozilar faoliyati, raqamlashtirish va zamonaviy diagnostika texnikalari funksiyasiga doir ma’lumotlar taqdim etildi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA