Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Turkiya: strategik hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda
10:18 / 2025-12-18

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher A’zamxo‘jayev “Turkiya - O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Osman Mestin bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida strategik hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligi jadal rivojlanayotgani qayd etildi. Xususan, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, davlatlararo kelishuvlarni ratifikatsiya qilish va erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini ta’minlash orqali ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga salmoqli hissa qo‘shilmoqda. 

Parlament qo‘mitalari va parlamentlararo hamkorlik guruhlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish, muntazam muloqot mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

N.Abduraimova,

O‘zA