Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston turizmi tarixiy rekordni yangilayapti
15:00 / 2025-10-15

Mamlakat tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord ko‘rsatkichni namoyish etyapti – 2025 yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ziyod xorijiy sayyohlarni qabul qilmoqda.

Shu tariqa, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘pdir.  

Turizm qo‘mitasi xabar berishicha, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga yetib,  3,6 milliard dollardan oshgan.  

Mahalliy turizm sohasidagi mislsiz yutuqlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning chuqur islohotlari va mamlakatning turistik salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan maqsadli sa’y-harakatlari natijasidir,–  deyiladi xabarda.  

Yetakchi jahon media platformalari bilan faol hamkorlik, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar yurtimiz brendini global miqyosda sezilarli darajada mustahkamladi.  

B.XUDOYBERDIEV,  

O‘zA