Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston turizmi dunyoga keng targ‘ib etilmoqda
11:57 / 2023-07-17

Mamlakatimizga kirib keluvchi xorijlik sayyohlar sonini yil oxirigacha 7 milliondan oshirish uchun turizm salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan qator yirik loyihalar yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi “NTV” ijodiy guruhining yurtimizga tashrifi tashkil qilindi.  

Mazkur telekanalda O‘zbekiston turizmi haqida rusiy zabon sayyohlar uchun yangi dastur ishlab chiqildi. “Poputchik” (“Hamroh”) nomli ko‘rsatuvning ilk taqdimot soni diyorimizda suratga olindi.  

“NTV” ijodiy guruhi joriy yil 12-15 iyul kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari, boy tarixi, taomlari, madaniy merosi va turizm imkoniyati bilan yaqindan tanishdi.  

Ko‘rsatuv auditoriyasini kengaytirish maqsadida loyihaga boshlovchi sifatida mashhur shoumen va musiqachi Timur Rodriges taklif etilgan. 43 daqiqalik ko‘rsatuvning ilk soni kuzda efirga uzatiladi.  

 O‘zA