Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Tojikiston: ta’lim sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
13:31 / 2024-01-22

Ta’lim sohasidagi o‘zaro almashinuv va hamkorlik dasturi doirasida Tojikiston Respublikasidagi Xo‘jand politexnika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalari Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni mazkur institut prorektori Murodjon Sherboyev kutib oldi.

– Xo‘jand politexnika instituti 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv maskanida iqtisodiyot, transport, muhandislik, sanoat, elektrotexnika, axborot texnologiyalari va shu kabi 40 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi, – deydi institutning “Transport va qurilish” fakulteti katta o‘qituvchisi Zufarjon Bashikov. 

Uning ta’kidlashicha, Xo‘jand politexnika instituti va Andijon mashinasozlik instituti o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida ikki tomonlama ta’lim sohasida hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va kengaytirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, o‘quv-uslubiy yo‘nalishda tajriba almashish, o‘quv qo‘llanmalar yaratish va bir qancha ishlar ko‘zda tutilgan. 

Institutlar ma’muriyati energetika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, muqobil energetikani rivojlantirish sohasida ham keng ko‘lamli ishlarni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Mehmonlarning Andijon mashinasozlik instituti talabalari uchun o‘tkazgan mahorat darslari ham yuqori saviyada o‘tdi. Bu safar o‘zaro tajriba almashish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti vakillari Tojikistonga, Xo‘jand politexnika institutiga tashrif buyuradi.

Mirasror Ahrorov,

O‘zbekiston va Tojikiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,

O‘zA