Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Tojikiston: paxta, g‘alla eksporti bo‘yicha hamkorlik qilinadi
15:40 / 2025-11-24

Poytaxtimizda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov hamda Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, urug‘chilik yo‘nalishida tajriba almashish va o‘zaro manfaatli loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.  

Ta’kidlanganidek, yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi doirasida qator kelishuvlarga erishilgan edi. Mazkur uchrashuv ushbu muloqotning amaliy natijasi sifatida Tojikiston vakillari tomonidan g‘alla va paxta urug‘liklarini import qilish bo‘yicha taklif va istiqbollarni batafsil ko‘rib chiqish imkonini berdi.  

Muloqot so‘ngida tomonlar kelgusida samarali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA