Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston — Tojikiston parlamentlararo muloqot faollashmoqda
11:10 / 2025-11-25

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov O‘zbekiston Respublikasidagi o‘z faoliyatini yakunlayotgan Tojikistonning Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzodani qabul qildi.

Muloqotda N.Ismoilov elchining O‘zbekiston — Tojikiston munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan salmoqli hissasini alohida e’tirof etdi. Elchining faol ishtiroki va ko‘magida turli darajalarda tizimli muloqot va samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgani, savdo-iqtisodiy sohada sezilarli yutuqlarga erishilgani ta’kidlandi.

O‘z navbatida, Abdujabbor Aziz Rahmonzoda samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, demokratik yangilanishlar va parlamentarizmni rivojlantirish sohalaridagi islohotlarni yuqori baholadi.

Uchrashuv davomida ikki davlat parlamentlararo aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi. Qayd etildiki, so‘nggi yillarda parlamentlararo muloqot faollashib, tomonlar qonun ijodkorligi, jumladan, xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi tajribalarni o‘rganish maqsadida muntazam ravishda delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari amalga oshirilmoqda.  

M.Komilova, O‘zA