Rossiya-Tojikiston (Slavyan) universiteti Xorijiy mintaqalarni o‘rganish va tashqi siyosat kafedrasi professori, Giosiyosiy tadqiqotlar markazi direktori Guzel Maytdinova “Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishini ta’minlashda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklikning ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni quyidagicha sharhladi:
- 2018 yili ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik yo‘lga qo‘yilgandan keyin o‘zaro munosabatlar sezilarli ravishda ijobiy tomonga o‘zgara boshladi. Natijalar siyosiy yo‘nalishdan tortib, madaniy hamkorlikkacha, mudofaa tizimidan yangi tahdidlarga qarshi kurash sohalarigacha yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
O‘tgan davr mobaynida, ayniqsa, chegara masalasida, xususan, Farhod gidro elektro stansiyasidanfoydalanish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishilgani jiddiy yutuqdir. Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi munosabatlarimizda yangi bosqichni boshlab beradi, aloqatlarni chuqurlashtirishga turtki beradi. Muzokaralar davomida xalqaro munosabatga oid yangi tizim, tartib muhokama qilinadi, xalqaro xavfsizlik bilan bog‘liq yangi tahdidlarga baho beriladi va ushbu sharoitda birgalikda harakat qilish bo‘yicha maslahatlashiladi.
Xulosa qilib aytganda, ikki davlat o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishi, yangi tahdidlarga birgalikda javob qidirishi, o‘z navbatida, nafaqat Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida, balki markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.
S.Rahimov yozib oldi.
O‘zA