French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Tojikiston: Jurnalistika sohasida hamkorlik rivojlanadi
16:15 / 2024-02-15

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga Tojikiston Jurnalistlar ittifoqi raisi Zinnatullo Ismoilzoda tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan davra suhbatida Uyushma mas’ullari, “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri Abdurasul Jumaqulov hamda “Ovozitojik” gazetasi bosh muharriri Sherpo‘lat Vakilov ishtirok etdi. 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik rishtalari mustahkamlanib borayotgani, ikki mamlakat media soha vakillarining ijodiy aloqalari, bu boradagi galdagi hamkorlik masalalari xususida so‘z yuritildi. 

– Tojikiston Jurnalistlar ittifoqi raisi Zinnatullo Ismoilzoda bilan mamlakatlarimiz ommaviy axborot vositalari vakillarining o‘zaro tajriba, media tuzilmalar o‘rtasida materiallar almashishni rivojlantirish kabi masalalar xususida fikr almashdik, – deydi O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. X.Salimov. – Kelishuvga ko‘ra, joriy yilning iyul oyida o‘n nafar o‘zbekistonlik jurnalistlarning Tojikistonga besh kunlik ijodiy safari amalga oshiriladi. Ana shu tadbir doirasida yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralariga oid materiallar ushbu mamlakat OAVlarida e’lon qilish uchun taqdim etiladi. 

Davra suhbatida 2022 yil may oyida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan Tojikiston Jurnalistlar ittifoqi o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi mazkur yo‘nalishda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi. 

Sherali Otaboyev, O‘zA