O‘zbekiston TIV rahbari Daniya elchisidan ishonch yorlig‘ini qabul qildi
Mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Yakob Xenningsendan ishonch yorlig‘ini qabul qildi.
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatning hozirgi holati muhokama qilindi va ayni yo‘nalishdagi istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi.
Vazir elchiga ikki davlat o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashdagi maqsadiga erishishda muvaffaqiyat tiladi.