Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston TIV rahbari Avstriya ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi
19:09 / 2025-12-04

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Avstriya ichki ishlar vaziri Gerxard Karner bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda o‘lkamiz TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Muzokaralar chog‘ida xavfsizlik, migratsiya, terrorizmga qarshi kurash va o‘zaro manfaat kasb etuvchi boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot davomida axborot almashinuvi va institutsional hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

– Axborot almashinuvini kuchaytirish, institutsional sheriklikni faollashtirish, barqarorlikni ta’minlash va fuqarolarimiz xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish muhimligini ta’kidladik, -deb yozdi vazirimiz o‘z ijtimoiy tarmog‘ida.

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va belgilangan yo‘nalishlarda amaliy loyihalarni ilgari surishga tayyorligini tasdiqladilar. 

A.Alimova, O‘zA