English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston texnik tartibga solishda xalqaro e’tirofga erishdi
10:49 / 2026-01-08

O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi IQNet xalqaro sertifikatlash tarmog‘ida assotsiatsiyalashgan a’zo maqomiga ega bo‘ldi. Bu mamlakatimizda joriy etilgan menejment tizimlarining xalqaro maydonda tan olinishi va eksport salohiyatining oshishida muhim qadam hisoblanadi.

Mazkur maqom markazga IQNet faoliyatida keng qamrovli ishtirok etish, xalqaro tajriba almashish va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.

IQNet xalqaro sertifikatlash tashkiloti 1990 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 36 ta yetakchi menejment tizimlari sertifikatlash organlarini birlashtiradi. 150 dan ortiq mamlakatda 310 mingdan ziyod sertifikat rasmiylashtirilgan. Bu dunyoning qariyb 30 foiz bozorini qamrab olmoqda.

IQNet a’zolari qatorida Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Turkiya, Shveysariya va boshqa qator davlatlarning nufuzli sertifikatlashtirish organlari mavjud. Shuningdek, tarmoq 30 dan ortiq tillarda audit o‘tkazish imkoniga ega 17 mingdan ziyod xalqaro auditor va ekspertlardan iborat.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, IQNet tarmog‘iga a’zo bo‘lish O‘zbekistonda joriy etilgan menejment tizimlarining eksport bozorlarida tan olinishini ta’minlaydi. Mamlakatning global sifat indeksidagi o‘rnini oshiradi va xalqaro standartlarga mos malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu a’zolik savdo aloqalarini rivojlantirish va mijozlar ishonchini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA