Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi kutilyapti.
17:59 / 2026-01-03

Fors nashri "Varzesh Se" bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "Persepolis" jamoani Serj Ore hamda Farshad Ahmadzade tark etganidan so‘ng yangi futbolchilarni faol jalb qilishga kirishdi.

Hozirda "qizillar" tarkibni kuchaytirish ishlarini olib boryapti. Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Persepolis"ning short-listida ikki o‘zbekistonlik taniqli futbolchi Hojiakbar Alijonov va Igor Sergeyev bor.

"Ushbu ikki nomzod orasidan Igor Sergeyevning transferi masalasi ancha oldinga siljigan. O‘zbekistonlik hujumchi yakshanba kuni Tehronga borishi rejalashtirilgan. O‘sha kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tilib, rasmiy shartnoma imzolash jarayoni bo‘lishi kutilmoqda. Shu tariqa, "Persepolis" vaqtni boy bermay, Igor Sergeyevni Qatardagi yig‘inga olib ketishni maqsad qilgan. Ushbu transferning Eron jamoasi uchun afzalligi - Sergeyevning sport formasi. Ba’zi legioner futbolchilardan farqli, uning optimal sport formasiga chiqib olishi uchun ko‘p vaqt talab qilinmaydi va qisqa fursatda Osamar Viyera jamoasi taktik sxemasiga tushib keta oladi. Hojiakbar Alijonov bilan bo‘lgan muzokaralar ijobiy kechgan bo‘lsa-da, uchinchi tomon aralashuvi bilan jarayon biroz murakkablashgan. Uning "Persepolis"ga o‘tish yoki o‘tmasligi masalasi tez orada hal bo‘lishi kutilyapti", - deyiladi "Varzesh Se" xabarida. 

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Eron Pro ligasida Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol"), Rustam Ashurmatov ("Istiqlol"), Oston O‘runov ("Persepolis") va Odil Hamrobekov ("Traktor") kabi terma jamoa darajasidagi futbolchilar to‘p tepyapti.

Karim Xudoyqulov, O‘zA