Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston terma jamoasiga Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi mukofoti topshirildi
17:05 / 2023-11-26

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan so‘nggi yillarda mamlakatimizda qilichbozlikni yanada rivojlantirish va aholi orasida ommalashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz qilichbozlik federatsiyasi ko‘magida qilichbozlarimizni xorijiy davlatlarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, nufuzli xalqaro musobaqalarda tizimli ravishda ishtirok etishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilmoqda. Ayniqsa, qilichbozlarimizning Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida erishayotgan yuksak g‘alabalarini yuqorida aytilgan sa’y- harakatlar natijasi, desak mubolag‘a  o‘lmaydi.

Misrda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi kongressida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga "2022-2023 yillarda erkaklar sablyasi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi yoshlar jamoasi” mukofoti topshirilgani fikrimizning yana bir tasdig‘idir.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA