O‘FA Tibbiy Qo‘mita raisi sanalgan Abror Pirriyev futbolchimizning jarohati haqida o‘z fikrlarini bildirdi: Husniddin Aliqulovning safdan chiqishi muxlislar dilini ancha xira qildi...
Chap tizza bo‘g‘imida olingan jiddiy jarohat Husniddinni qariyb bir yilga katta futboldan uzoqlashtiradigan bo‘ldi. Futbolchi tizzasidagi old xochsimon boylam va menisklar yirtilishi hamda unga yondosh to‘qimalarning shikastlanishi malakali jarrohlik amaliyotini talab qiladi. Jarrohlikdan keyingi reabilitatsiya jarayoni esa o‘ta muhim va o‘rtacha 6-8 oyni tashkil etadi.
Ushbu o‘tkazib yuboriladigan 6-8 oy shuni anglatadiki, u Mundialda terma jamoamizga yordam bera olmaydi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mudofaasi yetakchisi sanalgan Husniddin Aliqulov Turkiya Superligasining "Gyoztepe"ga qarshi bahsida (19 yanvar) og‘ir jarohat olgandi.
"Rizespor" klubi tibbiy komissiyasi raisi, professor Hasan Turut ham futbolchining sog‘lig‘i borasida rasmiy ma’lumot berib, tibbiy tekshiruvlar natijasi kutilganidan ham ayanchliroq bo‘lib chiqqanini, himoyachimizning chap tizzasida bir yo‘la bir nechta jiddiy shikastlanishlar aniqlanganini ma’lum qilgan.
Shifokorlarning qaroriga ko‘ra, Aliqulov yaqin kunlarda jarrohlik stoliga yotadi.
Xo‘sh, Husniddin Aliqulov biz uchun qanchalik muhim futbolchi? Ushbu videoda futbolchimiz haqida batafsil ma’lumot beramiz.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2DFsgwick5E" title="Husniddin Aliqulov Jahon chempionatini o`tkazib yuboradigan bo`ldi." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA