Tennis bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi “Devis kubogi” jahon guruhi II pley-off bosqichi doirasida Nigeriya termasiga qarshi safarda bahs olib boradi.
7 fevral kuni mazkur jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlar start oladi. To‘qnashuvning dastlabki kunida ikki yakkalik bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Humoyun Sultonov Kanis Abuaga qarshi kortga chiqsa, Abdulaziz Usmonjonov Daniyel Adeleye bilan kuch sinashadi.

8 fevral kuni raqobat juftliklar uchrashuvi bilan davom etadi. Unda Nigeriya vakillari Mishel Emmanuel – Abubakara Yusuf tandemi O‘zbekistonning Ilya Ignatov – Suxrob Saidov juftligiga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, zarurat tug‘ilgan taqdirda Humoyun Sultonov – Daniyel Adeleye hamda Abdulaziz Usmonjonov – Kanis Abua o‘rtasida qo‘shimcha yakkalik bahslari ham o‘tkazilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, mazkur qarama-qarshilik yakunlariga ko‘ra g‘olib jamoa “Devis kubogi” jahon guruhi I bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Mag‘lub jamoa esa jahon guruhi IIdagi o‘rnini saqlab qoladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA